SAYT TEST REJIMIDA!!!

“Andijon” klubi bosh direktori Lissabonda!

“Andijon” klubi bosh direktori Lissabonda!

“Andijon” futbol klubining rivojlanish strategiyasida bolalar futboliga e'tibor va uni yangi bosqichga olib chiqish alohida ustivor vazifaga aylangan. 

Bilasiz, jamoamiz rahbariyati bolalar futboliga hamma vaqt katta e'tibor qaratib kelmoqda hamda “Andijon” klubi akademiyasini barpo etish bo'yicha jahonning mashhur klublari akademiyalarining ish jarayonini yaqindan o'rganmoqda.

Shu maqsadda “Andijon” klubi bosh direktori Elbek Samatov ayni paytda Portugaliya poytaxti Lissabonda bo'lib turibdi. Bundan ko'zlangan maqsad, u yerdagi mashhur “Benfika” futbol klubining akademiyasi bilan tanishish va yaqindan hamkorlik qilish ko'zda tutilgan. "Benfika" o'z tarbiyalanuvchilarini rivojlantirish va akademiyasi bilan jahon futbolida o'z o'rniga ega. U yerdan doim nomdor o'yinchilar yetishib chiqadi. 

“Benfika” klubi bilan bolalar futbolini rivojlantirish va zamonaviy akademiyani tuzish maqsadida aynan Elbek Samatov “Benfika” jamoasi rahbariyatining taklifiga ko'ra, u yerga yo'l olgan va ayni paytda qizg'in muzokaralar davom etyapti. 

Safar davomida nafaqat “Benfika” klubi akademiyasi, balki jamoaning infratuzilmasi bilan ham yaqindan tanishmoqda. 

Biz bu boradagi yangiliklar bilan siz muxlislarni xabardor qilib boramiz.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest