Jamoamiz Antaliyada!
Jamoamiz Antaliyada!✅
“Burgutlar” har yili qishki yigʻinda Turkiyaning Antaliya shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinilarini olib boradi va bu safar ham jamoamiz qishki tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini samarali oʻtkazish maqsadida mazkur xorij yigʻini tashkillashtirildi.
“Andijon” jamoamiz yangi mavsumga tayyorgarligining muhim bosqichi hisoblangan Turkiya yigʻinini oʻtkazish uchun bugun Toshkent xalqaro aeroportidan Antaliya tomon havo kemasi orqali safarga otlandi va qariyib 5 soatdan ziyod vaqt davomidagi parvozdan soʻng jamoamiz eson-omon manzilga yetib keldi.
Antaliyaga yetib kelgan chogʻimizda bu yerda mayin yomgʻir yogʻayotgan edi. Futbolchilarimiz oʻtgan safargidek bu gal ham Side shaharchasidagi “Jakaranda” mehmonxonasidan qoʻnim topdi. Shuningdek, bu yerda Germaniyaning “Leypsig” U18 jamoasi ham oʻz yigʻinini oʻtkazayotgani maʼlum boʻldi.
Oldin xabar qilganimizdek, “Andijon” Antaliyada 35 kun mobaynida yangi mavsum uchun jiddiy tarzda tayyorgarlik olib boradi. Ushbu yigʻinning oʻzi esa ikki bosqichdan iborat boʻladi.
Shunga koʻra, bu yerda “Burgutlar” 22-yanvardan 26-fevralga qadar oʻz mashgʻulotlarini olib boradi hamda 9 ta nazorat oʻyinlarida maydonga tushadi.